Janub Shamoli: Global Janub ayollari filmlari festivali

Janub Shamoli 13-avgustdan 18-avgustgacha Samarqandda va onlayn boʻlib oʻtadigan Global Janub ayollari filmlari festivalidir. Toʻliq dastur bu yerda.

Ushbu festival ayollar* nigohi bilan ishlangan filmlarga asoslanadi. Unda Global Janub ayollari* Gʻarb erkaklari hukmronlik qiladigan kino sohasidagi asosiy qarashlarga qarshi chiqib, oʻz hikoyalarini oʻzlari aytishadi. 

Shuningdek, muhokamalar va muloqotlarning muhimligini ta’kidlaymiz, shuning uchun har bir namoyishdan so‘ng mehmonlarni jamoaviy muhokamalarga taklif qilamiz. Barcha filmlar o‘zbek va inglizcha subtitrlar bilan birlanchi tillarda namoyish etiladi. 

Bizning asosiy namoyish joyimiz Art Station, lekin boshqa joylarda ham qo’shimcha tadbirlar rejalashtirilgan. Barcha namoyishlarga kirish bepul.

Festivalimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun The British Council Creative Collaborations dasturiga minnatdorchilik bildiramiz. Shuningdek, barcha kino ijodkorlari, kuratorlar, rassomlar, platformalar, jamoalar, tashabbuslar, tashkilotlar va ushbu festivalni amalga oshirishda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.