Turkiy va forsiy tillardagi ayollar she’riyatinining jamoaviy talqini

Birgalikda she’rlarni o‘qish va yozish orqali bir-birimiz va o‘zimiz bilan yangi aloqalar o‘rnatishga taklif qilamiz.

Dastur davomida bizga (no)tanish bo‘lgan shoiralar she`rlarini birgalikda o‘qiymiz. Ushbu she`rlar satrlarini feministik xat prizmasi orqali tahlil qilib, baytlarda yangi ma’nolarni qidiramiz. Har bir so‘zda ayollarning kuchini va bardoshini his qilgan holda, she’riyatni o‘zini asrash (avaylash) va o‘zini namoyon qilish vositasi sifatida ko‘rib chiqamiz.

Siz o‘zingizning sevimli she’rlaringizni, o’zbek tilidagi kitoblaringizni olib kelishingiz, yozuvchilikda qilgan amaliyotingiz va maktabda adabiyot darslarida o‘qigan va yod olgan she’rlaringiz haqidagi xotiralaringiz bilan bo‘lishishingiz mumkin. Ushbu dastur jamoaviy mehr ulashish maskani bo‘lib xizmat qiladi. 

Biz turli his-tuyg‘ularimiz — g‘am-tashvish, jahl, quvonch, birdamlikni ifodalash uchun o‘z yozishmalarimiz, she’rlarimiz va erkin xatlarimizdan foydalanamiz. O‘z tajribalarimiz, ichki kechinmalarimiz va xohishlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. O‘z hikoyalarimizni yaratamiz va o‘zimizning so‘zlarimiz bilan o‘zligimizni ifodalaymiz

QizGap tadbiri doirasida o’tkaziladi

Sana: 8-mart , 15:30
Joy: moc hub