biz haqimizda

‘maqaal‘ — feministik tadqiqot jamoasi. Biz O’zbekistonning turli hududlarida va turli sharoitlarda o‘sganmiz. Shunga qaramasdan, birga mamlakat bo‘ylab ayollarni* birlashtirish niyatidamiz. Turli tadqiqotlar, og‘zaki tarix va madaniy amaliy ishlarni o‘rganishga dekolonial yondashgan holda, o‘tmishimiz, bugunimiz va kelajagimizni birgalikda qayta tasavvur qilish uchun jamoaviy tajribalar haqida gapirmoqchimiz. 

Bizning guruh — mamlakatimizda o‘zbek tilida feministik tashabbuslar yetishmovchiligiga javobimiz. Biz jamiyatimizdagi o‘zbek tilida so‘zlashuvchi ayollar* bilan faol hamkorlik qilib, ‘g‘arbiy’ feminizm g‘oyalariga tayanmagan holda, ularni jamiyat uchun muhim bo‘lgan munozaralarga jalb qilishni xohlaymiz.

Bu bizning tolerantlik va hamjihatlik sari intilishimizdir. Jamoa nafaqat turli etnik, gender va din vakillarini, balki ko‘plab professionallarni — tadbirkor, kino ijodkori, marketolog, va siyosatshunoslarni birlashtirgan. Biz o‘zimizdagi bu farqlarni qadrlashni o‘rganmoqdamiz va feminizmni turli shakllarda bo‘lishi tarafdorimiz.

Maqsadimiz — O’zbekistonning post va neokolonial muhitidagi qudrat tizimi asosiga ayollar qarshiligi uchun erkin maskan yaratish. Biz — tabaqa, millat, irq, din, jins, ta’lim, jismoniy va ruhiy o‘ziga hosliklar, jinsiy moyillik va kasbga asoslangan zulmning turli shakllariga qarshimiz.

Ushbu platforma O’zbekistonda yashovchi ayollar* uchun ‘Biz haqimizda bizning ishtirokimizsiz hech narsa bo‘lishi mumkin emas’ g‘oyasiga asoslanib, o‘zligini saqlash va o‘zini namoyon qilish vositasidir.