Kitobxonlik guruhi: Black feminism

Sizlarnini qora (black) feminizm bo‘yicha kitobxonlik guruhimizga taklif qilamiz. Birgalikda qora feministlar, Anjela Y. Devis, bell hooks va Audre Lordning ba’zi asosiy asarlarini o‘qiymiz va muhokama qilamiz.

Irq, tabaqa va ayollar o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? She’r, muhabbat, jimlik ozodlik uchun kurashda qanday ma’no bildiradi? Qora feminizm nima?

O‘qish va muhokamalar orqali biz ushbu savollarga yangi talqin va ma’nolarni topishga harakat qilamiz. Kitobxonlik guruhimiz so‘ngida birgalikda matnlardan birini o‘zbek tiliga tarjima qilamiz. Bu o‘zbek tilida bilim yaratish maqsadimizga hissa qo‘shadi.

Tillar

Afsuski, qora feminizmga oid o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar kam bo‘lganligi sabalbli matnlarni ingliz tilida o‘qiymiz.

Ushbu matnlarning ba’zilarini o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali turli bilimlarga, ma’lumotlarga o‘zbek tilida ega bo‘lish imkoniyatini oshiramiz. Tarjima qilingan matnlar bo‘yicha o‘zbek tilida navbatdagi kitobxonlik guruhlarini tashkil qilamiz degan umiddamiz.

Lekin muhokamiz har bir ishtirokchiga qaysi biri qulayroq bo‘lishiga qarab ham o‘zbek, ham ingliz tillarida bo‘lib o‘tadi. Shuning uchun ishtirokchilar ikkala tilni ham tushunishlari afzalroqdir.

Texts

Angela Y. Davis Women, Race & Class. 1981
bell hooks Love as the Practice of Freedom. 1994
Audre Lorde Sister Outsider. 1984

Sana: har shanba, 30 martdan 20 aprelgacha
Vaqti: Toshkent vaqti bilan 14:00—16:00
Joy: onlayn, Zoom