O‘zbekistonlik doktorant Almira Tabaeva feminizmni Hindistonda Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo ayollarining an’analari va madaniyatini taqqoslagan holda o‘rgangan. Uning akademik qiziqishi postkolonial va dekolonial feministik nazariyalar orqali Markaziy Osiyoda ta’limda genderni o’rganish va ijodiy san’atni o‘z ichiga oladi.
2024-yil yanvar oyida u Kembrij universitetida bo‘lib o‘tgan BASEES konferentsiyasi doirasidagi “Oldinga qarash, olg‘a siljish – dekoloniallik, borliq va Markaziy Osiyo uchun muqobil kelajaklarni tasavvur qilish” mavzusidagi davra suhbati uchun “Bachadonni dekolonizatsiya qilish” she’rini yozgan. Bu she’r uning kundalik hayotida ham, ilmiy izlanishlarida ham dekoloniallik qanday namoyon bo‘lishi haqidagi savolga javob beradi.
She’rni o’zbek tiliga Tillaniso Nuryog’di tarjima qildi.
***
Mana, qaram davlatlarning yangi nomlari
Mustaqil deb atashdi o’zini bari.
Lek keta olishmadi qullikdan nari —
Har yon — tutqunlikning og’ir izlari.
Til, or va toptadi tutumlarni
Sovet istilosi — ey, sho’rlik, Osiyo* —
O’zligini supirib tashlagan
G’oyalar achitilgan labarotoriya!
Yer ketgan. Til tutiq. Ayollar ochiq —
Nima bu?
Quijano yozgan “Kuch istilosi”mi*?
“Aqlingizni dekolonizatsiya qiling”,
bergandi Mignola sado,
Tarixiy xotiraning hurmatin biling.
Tug’ilinmas, ayolga aylanish mumkin —
Deb jar solgan edi olamga Simon*.
Lekin yo’q.
Xizmat. Xizmat. Va rozi qilmoq.
Ayollarim kuni bachadonda yozilar hamon.
“Ozod qilamiz zulmatdan yuzingizni,
Mana olib keldik emansipatsiya” —
Qilishgandi ular chaqriq, yallalar.
Olib kelganlari bo’ldi surgun va ochlik —
“Hujum”larda kesilgan minglab kallalar.
Qani ayollarim, qoldi qay chetda?
Na ozod, na erkin — tazyiqdan xoli.
Adabiyotni bot zo’rlab g’arbona
Qullik boshlandi — yangi kolonializm.
Keling, kishanin yechaylik ayolning endi,
Belgilaylik boshdan tenglik tamoyillarin.
“Qora” ish bilanmi nahot qadrimiz?
Yo ong kuchida — ochilmagan, hali noma’lum.
Uyimdan yozyapman — qurg’oq qirg’oqdan,
Qachondir oqardi pishqirib, jo’shib.
Paxta otizlari yutdi Orolni
Ayolning qo’llari va homilaga qo’shib.
Men yolvoraman dardlarim panohida
Yolvorishki, daryolardan to Dengiz qadar .
Insoniyat boy berdi nega qirg’inda?
Javob tayin: axir oppoq emasdi “ular”.
Qalam bering menga, uzoq poyladim,
Nosoz antennadek tiniq signalni.
Hozir yo’l ochaman o’zimga o’zim —
O’z so’zim yozaman — aritib g’amni.
