‘maqaal‘ — feministik tadqiqot jamoasi.

Biz O’zbekistonning turli hududlarida va turli sharoitlarda o‘sganmiz. Shunga qaramasdan, birga mamlakat bo‘ylab ayollarni* birlashtirish niyatidamiz. Turli tadqiqotlar, og‘zaki tarix va madaniy amaliy ishlarni o‘rganishga dekolonial yondashgan holda, o‘tmishimiz, bugunimiz va kelajagimizni birgalikda qayta tasavvur qilish uchun jamoaviy tajribalar haqida gapirmoqchimiz.