Biz Qora Feminism haqidagi kitobxonlik guruhi doirasida Qora Amerikalik yozuvchi va shoira Odri Lordning “She’riyat hashamat emas” matnini o’qib o’zbek tiliga tarjima qildik. 1977-yilda yozilgan esseda Lord she’riyat bu ayollar uchun zaruriyat va ularning yashirin va qadimiy bo’lgan kuchlarini yuzaga chiqaradigan vosita deb aytadi. O’zbek tilidagi to’liq matnni veb-saytimizda o’qing. Matnni Gulnoza Irgasheva tarjima qildi.
Hayotimizga nazar solishda ishlatadigan nur sifati yashashdan maqsadimizga va hayotimiz davomida olib kelishga umid qilayotgan o’zgarishlarga bevosita ta’sir qiladi. Aynan shu nur ichida o’z sehrimizga ergashib, uni amalga oshiradigan g’oyalarni shakllantiramiz. She’riyat yorug’lik kabidir, she’r orqali biz nomsiz va shaklsiz, tug’ilish arafasida bo’lgan, lekin allaqachon his qilingan g’oyalarga nom beramiz. Xuddi orzular tushunchalarni dunyoga keltirgandek, hissiyot esa g’oyani dunyoga keltirgandek, bilim esa tushunishni dunyoga keltirgandek, tajriba distillatsiysidan (distillation) yaralgan haqiqiy she’riyat o’yni (hayolni) dunyoga keltiradi.
Bizga qaratilgan sinchkov nigohga chidash va ushbu muhitda ko’karishni o’rganganar ekanmiz, bu nigoh mahsullarini hayotimizni boshqarish uchun ishlatishni o’rganar ekanmiz, hayotimizni boshqaradigan va sukunatimizni shakllantiradigan qo’rquvlar bizni nazorat qilishni to’xtata boshlaydi.
Ayol sifatida har birimizning ichimizda qorong’u joy bor, u yerda yashirin va yuksalayotgan haqiqiy “(s)bizning zaiflik (ojizlik) dahshatlarimizga qarshi go’zal va kashtan kabi qattiq bo’lgan”* ruhimiz ko’tariladi.
Ichimizdagi bu imkoniyat joylari qorong’u, chunki ular qadimiy va yashirindir; ular ushbu zulmatdan omon qolishgan va yanada kuchayishgan. Bu chuqur joylarda har birimiz ijodkorlik va tekshirilmagan va qayd etilmagan his-tuyg’u va hissiyotlar kuchining ajoyib zaxirasiga egamiz. Har birimizning ichimizdagi ayolning o’rni na oq, na yuzaki; balki qorong’i, qadimiy va chuqurdir.
Yevropa tarzida yashashni faqat hal qilinishi kerak bo’lgan muammo sifatida ko’rsak, bizni ozod qilish uchun faqat o’z g’oyalarimizga tayanamiz, chunki bu oq otalar bizga qimmatli deb aytgan narsadir.
Ammo biz o’zimizning qadimiy, yevropalik bo’lmagan hayot tarzimizni boshdan kechirishimiz va hal qilishimiz kerak bo’lgan vaziyat sifatida ko’rsak, biz o’z his-tuyg’ularimizni qadrlashni va haqiqiy bilim va davomiy amal keladigan kuchimizning yashirin manbalarini hurmat qilishni tobora ko’proq o’rganamiz.
Ayni paytda, men ayollar o’zimizda omon qolish uchun zarur bo’lgan bu ikki yondashuvni birlashtirish imkoniyatiga ega ekanligiga ishonaman va biz she’riyatimizda bu birikmaga yaqinlashamiz. Men bu yerda she’riyatni oshkoriy tajribaning distilatsiyasi sifatida gapiryapman, oq otalar tushunchasiz tasavvurga bo’lgan umidsiz istakni berkitish uchun ko’pincha she’riyat so’zini buzib so’z steril o’yini deb ko’rsatgan tarzda emas.
Ayollar uchun she’riyat hashamat emas. Bu bizning mavjudligimiz uchun hayotiy zaruriyat. Bu biz umid va orzularimizni omon qolish va o’zgarish bilan bog’laydigan, avval tilga, so’ngra g’oyaga, keyin esa aniqroq harakatlarga aylantirishimiz uchun kerak bo’lgan yorug’lik sifatini shakllantiradi. She’riyat — bu nomi yo`q narsalar haqida o`ylay olish imkonini berish uchun nom berishdir. Umid va qo’rquvlarimizning eng olis ufqlar she’rlarimiz bilan qoplangan, kundalik hayotimizdagi tajribalar esa toshlarda o’yilgan.
Ular taniganimiz va qabul qilganimizda, bizning his tuyg’ularimiz va ularni chindan o’rganganishimiz eng radikal va jasoratli g’oyalar uchun muqaddas maskan va maydonga aylanishadi. Ular o’zgarish va ma’nili harakat uchun zarur bo’lgan farq uchun havfsiz makonga aylanadi. Hozir, men o’zim uchun chidab bo’lmas yoki tushunarsiz va qo’rqinchli deb bilgan kamida o’nta g’oyani aytishim mumki, faqat ular o’lim va she’riyatdan keyin keladilar. Bu bema’ni hayol emas, balki “men uchun bu to’gri” ma’nosiga intizomli e’tibor. Biz o’zimizni o’z tuyg’ularimizni hurmat qilishni va ularni bo’lishib bo’ladigan so’zlarga aylantirishni o’rganishimiz mumkin. Agar hali bu til yaratilmagan bo’lsa biz o’z she’riyatimiz orqali uni yaratamiz. She’riyat nafaqat orzu va hayol, balki hayotimizning me’moridir. U kelajakda bo’ladigan o’zgarishlarga poydevor yaratadi, oldin hech bo’lmagan qo’rquvlarimiz orasida ko’prik yasaydi.
Imkoniyat abadiy ham, bir zumda ham emas. Uning samaradorligiga ishonchni saqlab qolish oson emas. Biz ba’zan biz yashashimiz kutilayotgan o’limga haqiqiy qarshilik ko’rsatadigan bitta qirg’oq boshini o’rnatish uchun uzoq va qattiq mehnat qilishimiz mumkin, faqat o’sha qirg’oq boshiga hujum qilishimiz yoki qo’rquvimiz bilan ijtimoiylashgan kanardlar tomonidan tahdid qilishimiz yoki biz o’z roziligimizdan voz kechishimiz mumkin xavfsizlikni izlash haqida ogohlantirildi. Biz ayollar o’zimizni bolalik, universal emaslik, o’zgaruvchanlik, hissiyotli degan noo’rin ayblovlar tufayli kichiklashtirilgan yoki yumshoqlashgandek ko’rishimiz mumkin. Va kim bu savollarni beradi: men sizning aura, go’ya, orzularingizni o’zgartiryapmanmi yoki sizni vaqtinchalik va reaktiv harakatlarga siljityapmanmi? Garchi ohirgisi oson ish bo’lmasa ham, bu bizning hayotimiz asoslarini haqiqiy o’zgartirish zarurati kontekstida ko’rilishi kerak.
Oq otalar bizga aytishgan: men o’layman shunday ekan men borman. Har birimizning ichimizdagi Qora onalar, shoiralar tushlarda shivirlaydilar: men his qilaman shunday ekan men ozod bo’la olaman. She’riyat ushbu inqilobiy talabni, erkinlikni amalga oshirishni ifodalash va nizomlash uchun tilni tanga oladi.
Ammo, tajribalar bizga hozir harakat qilish doimo zarurligini o’rgatdi. Bizning farzandlarimiz yashamasalar orzu qila olmaydilar, ozuqlanmasalar yashay olmaydilar, ularsiz ularning orzulari biznikidan farq qilmaydigan haqiqiy taomni yana kim boqadi? “Agar bir kun dunyoni o’zgartirishimizni xohlasangiz, biz kamida o’sib ulg’ayishimiz uchun yashashimiz kerak” deb bolalar baqirishadi.
Ba’zan biz yangi g’oyalar umidi bilan aldaymiz. Boshimiz bizni saqlaydi. Miyaning o’zi bizni ozod qiladi. Lekin bizni ayol, inson sifatida saqlab qoladigan yangi g’oyalar bizni kutmayapti. Faqat eski va unutilgan g’oyalar, yangi kombinatsiyalar, ekstrapolyatsiyalar va o’zimiz tan olganlar — ularni sinab ko’rish uchun yangilangan jasoratimiz bilan birgalikda. Biz doimo o’zimiz va bir-birimizni orzularimiz nazarda tutadigan va bizning ko’plab eski g’oyalarimizni yomon ko’radigan bid’atchi harakatlarga urinish uchun chorlashimiz kerak. O’zgarishga urinishimiz yo’lida faqat she’riyat haqiqatga aylanishi mumkinligini ko’rsatadi. Bizning she’rlarimiz o’zimiz haqimizdag taassurotni, ichimizdagi his-tuyg’ularimizni va jur’at etayotganimizni (yoki unga muvofiq harakat qilishni), qo’rquvimizni, umidlarimizni, eng aziz dahshatimizni ifodalaydi.
Foyda, chiziqli kuch, institutsional degumanizatsiyaga asoslangan yashash strukturalarimizda his-tuyg’ularimiz omon qolishga moslashmagan. Muqarrar qo’shimchalar yoki yoqimli o’yin-kulgilar sifatida saqlangan, ayollar erkaklarga tiz cho’kishi kutilgandek, his-tuyg’ular o’yga tiz cho’kishi kutilgan. Lekin ayollar omon qolishdi. Shoiralar sifatida. Va boshqa yangi azoblar yo’q. Biz ularni allaqachon his qilib bo’lganmiz. Biz uni o’z kuchimizni qayerda yashirgan bo’lsak o’sha yerga yashirganmiz. Ular bizning orzularimizda namoyon bo’ladi va bizning orzularimiz ozodlik yo’lini ko’rsatadi. Bu orzular bizga ko’rish, his qilish, gapirish va haddi sig’ish uchun kuch beradigan she’riyatimiz orqali amalga oshirishga qodir qilingan.
Agar orzu qilishimiz, ruhimizni (spirit) va’da tomon va va’da orqali yo’naltirishimiz hashamat (luxury) sifatida ko’rilsa, demak biz kuchimiz, ayolligimiz yadrosi — buloqdan voz kechamiz; dunyolarimizning kelajagidan voz kechamiz.
Boshqa yangi g’oyalar yo’q. Ularni his qilishning yangi yo’llari bor xolos — yakshanba ertalab soat 7 da nonushtadan so’ng, sevgi og’ushida (wild love), urushlar davomida, tug’ayotgan paytda, vafot etganlar uchun motam tutayotganda, eski sog’inchlardan azob chekayotganimizda, eski ogohlantirishlar va jim va kuchsiz va yolg’iz qolish qo’rquviga qarshi kurashganimizda, yangi imkoniyatlar va kuchlarni tatib ko’rganimizdagi turli tuyg`ularni his etish.
* “Qora ona ayol” (Black Mother Woman) she’ridan. Birinchi marta “Boshqa odamlar yashaydigan yurtdan” (From A Land Where Other People Live, Detroit: Broadside Press, 1973) jurnalida chop etilgan va keyingi “Tanlangan she’rlar: Eski va yangi” to‘plamiga kiritilgan (Chosen Poems: Old and New (New York: W.W. Norton and Company, 1982), 53).
